locale OZ

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» Kasadoga qiziqmoqda

Futbolchi 2024-yilning iyul oyidan buyon Kataloniya klubining asosiy tarkibida to'p surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» va «Chelsi» Kasadoga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "qizil iblislar" vakillari yaqinda 22 yoshli futbolchi borasida muzokaralar olib borishgan. O'z navbatida, "ko'klar" o'yinchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda, biroq transfer amalga oshgan taqdirda unga asosiy tarkibdan doimiy joy kafolatlay olishmaydi.

Qayd etilishicha, ayni damda Angliya Premyer-ligasining hech bir klubi rasmiy taklif bilan chiqmagan. Shu bilan birga, ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun kurashda "Monako" hamon favorit sanalmoqda. Taxminlarga ko'ra, klub boshqa xaridlar uchun qaydnomada joy bo'shatish niyatida bo'lgani sababli, Kasado shu yozda "ko'k-anorranglilar" safini tark etadi.

Futbolchi 2024-yilning iyul oyidan buyon Kataloniya klubining asosiy tarkibida to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan. O'tgan klub mavsumida Kasado 34 ta uchrashuv o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 18 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting