«Manchester Yunayted» Touni bilan shartnoma imzolamaydi
"Manchester Yunayted" hujumchi Benjamin Sheshko jarohat olganiga qaramay, "Al Ahli" hujumchisi Ivan Touni bilan shartnoma imzolamaydi, deb xabar beradi TEAMtalk.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" hujumchi sifatida Mateus Kunyadan foydalanish variantini ko'rib chiqmoqda. Ta'kidlanishicha, Sheshko dekabr oyi o'rtalariga qadar jarohatidan to'liq forig' bo'lishi mumkin.
Touni 2026 yilgi jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasiga qo'shilish imkoniyatini oshirish maqsadida qishda Angliya Premer-ligasiga qaytishga tayyor.
Joriy mavsumda ingliz forvardi barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.