locale OZ

«Manchester Yunayted» Tchuamenining hozirgi maoshini to'lay olmasligini ma'lum qildi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Tchuamenining hozirgi maoshini to'lay olmasligini ma'lum qildi
photo: gettyimages

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi.

«Qizil iblislar» fransuz futbolchisini maydon markazini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblashmoqda, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. Shunday bo‘lsa-da, manbaning ta’kidlashicha, ingliz grandi vakillari futbolchining atrofidagilarga uning hozirgi maoshini to‘lay olmasliklarini allaqachon tushuntirishgan. Transfer faqatgina 26 yoshli xavbek yon bosishga rozi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.

«Manchester Yunayted» Tchuameni bilan rasmiy muzokaralar olib borish uchun «Real»dan hali ruxsat olgani yo‘q. Mankunianliklar dastlab «qaymoqranglilar» uni sotishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting