locale OZ

«Manchester Yunayted» tarixi haqida hujjatli serial suratga olinadi

Loyiha ustida Lionsgate kinokompaniyasi ish olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» tarixi haqida hujjatli serial suratga olinadi
FOTO: Getty Images

Angliyaning mashhur «Manchester Yunayted» klubi tarixiga bag‘ishlangan hujjatli serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha ustida Lionsgate kinokompaniyasi ish olib boradi. Serial mashhur «Toj» («The Crown») loyihasi uslubida — ya’ni real tarixiy voqealarni dramatik hikoya formatida tasvirlash asosida yaratiladi. Ushbu serial Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hayotiga bag‘ishlangani bilan tanilgan.

Manbaga ko‘ra, agar loyiha yirik striming platformalardan biri tomonidan sotib olinib, namoyish etilsa, «Manchester Yunayted» klubi bir necha million dollar miqdorida kafolatlangan daromad oladi. Hozircha serial ishlab chiqarish bosqichi dastlabki rivojlantirish jarayonida.

Shuningdek, royalti miqdori buyurtma qilingan va suratga olingan mavsumlar soni hamda distributsiya shartnomasining ko‘lamiga qarab oshib borishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting