«Manchester Yunayted» Reshfordga yangi raqam bermoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshfordning jamoada raqamini o'zgartirishga qaror qildi. Bu orqali mankunianliklar futbolchini asosiy tarkibga qaytarishga tayyor ekanini namoyon etmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Yangi mavsumda ingliz hujumchisi "qizil iblislar" safida 14-raqam ostida maydonga tushadi. Shuningdek, Reshford jamoa bilan birga yig'inda ishtirok etadi.
Shunga qaramay, 28 yoshli futbolchining klubdagi kelajagi transfer bozoridagi takliflarga bog'liq bo'lib qolmoqda. Agar "Manchester Yunayted" Yevropaning yetakchi klublaridan biri tomonidan jozibador taklif olmasa, mankunianliklar Rashfordni jamoada saqlab qolishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Rashford avval "Manchester Yunayted" safida 39 va 19-raqamlar ostida ham harakat qilgan.