locale OZ

«Manchester Yunayted» Reshfordga 14-raqamni berdi

Reshford jamoaning yangi mavsum uchun tarkibiga kiritilgan.
«Manchester Yunayted» Reshfordga 14-raqamni berdi
photo: gettyimages

Markus Reshford yangi mavsumni «Manchester Yunayted» tarkibida boshlashi mumkin. Klub ingliz hujumchisiga yangi — 14-raqamni berishga qaror qilgan.

Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted»ning Reshfordga 14-raqamni berishi futbolchiga bildirilayotgan ishonch belgisi hisoblanadi. Avval 28 yoshli hujumchi 10-raqamda o‘ynagan.

Reshford jamoaning yangi mavsum uchun tarkibiga kiritilgan. Biroq agar unga Yevropaning top-klublaridan biri jiddiy taklif bilan chiqsa, futbolchining «Manchester Yunayted»dan ketishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

Reshford o‘tgan mavsumni ijara asosida «Barselona»da o‘tkazgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting