locale OZ

“Manchester Yunayted” “Real”ning ikki futbolchisi uchun 150 million yevro sarflashi mumkin

Madridliklar ushbu mablag‘ni “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining transferini amalga oshirish uchun sarflashi mumkin.
“Manchester Yunayted” “Real”ning ikki futbolchisi uchun 150 million yevro sarflashi mumkin
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” Madridning “Real” klubi yarim himoyachilari Orelyen Tchuameni va Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi fransiyalik futbolchilarni yozgi transfer oynasida birgalikda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” ikki futbolchining transferidan jami 150 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Madridliklar ushbu mablag‘ni “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining transferini amalga oshirish uchun sarflashi mumkin.

Tchuameni va Kamavinganing o‘zi hozircha “Real Madrid”da qolishni afzal ko‘rmoqda. Biroq “Manchester Yunayted” qiziqishini aniq taklif bilan mustahkamlasa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas va xabar mish-mish sifatida berilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting