locale OZ

“Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 50 million yevro taklif qiladi

Ingliz klubi ayni paytda chap qanot himoyasini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 50 million yevro taklif qiladi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Real”ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ingliz klubi futbolchi uchun 50 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda.

22 yoshli Karreras avval “Manchester Yunayted” akademiyasida tarbiyalangan. U 2024-yilda klubni tark etib, “Benfika”ga o‘tgan va 2025-yil yozida “Real” futbolchisiga aylangan.

“Manchester Yunayted” ayni paytda chap qanot himoyasini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Klub Karrerasni Lyuk Shouga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Karreras 2025-yilning yozida “Benfika”dan “Real”ga taxminan 50 million yevro evaziga transfer qilingan. Ispaniyalik futbolchi Madrid klubida 2029-yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting