«Manchester Yunayted» Rafael Leauga qiziqmoqda
Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Milan"dan 27 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha rasmiy ma’lumot so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, Leau endi "Milan"ning uzoq muddatli rejalarida asosiy o‘rin tutmayapti va klub uni joriy yozda sotishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham yangi chaqiriqni qabul qilib, jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Avvalroq Turkiyaning "Fenerbahche" va "Galatasaroy" klublari ham portugaliyalik hujumchi uchun muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Leauning o‘zi faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Milan" futbolchi uchun taxminan 50–60 million yevro talab qilmoqda.