locale OZ

«Manchester Yunayted» Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda

«Milan» moliyaviy muammolar sabab oʻz yetakchisini sotishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Milan» hujumchisi Rafael Leauni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

«Milan» moliyaviy muammolar sababli oʻz yetakchisini sotishga tayyor, biroq portugaliyalik futbolchining shartnomasidagi tovon puli 175 million yevroni tashkil etadi. Italiyaliklar ushbu transfer orqali yaxshigina daromad ishlab olishni koʻzlamoqda.

Maʼlumot uchun, 26 yoshli Leau joriy mavsumda 30 ta oʻyinda 10 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 65 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting