«Manchester Yunayted» Rafael Leau transferi uchun o‘z yulduzlarini almashishga tayyor
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Milan» qanot hujumchisi Rafael Leauga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» portugaliyalik vinger transferi bo‘yicha kelishuvga hujumchilar Joshua Zirkze, Markus Reshford hamda yarimhimoyachi Manuel Ugarteni qo‘shishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, transfer jarayonida uchala futbolchining birdaniga ishtirok etishi ehtimoli past, biroq «Milan»ga ushbu o‘yinchilar orasidan tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Kelishuvning ehtimoliy tafsilotlari quyidagicha:
- Joshua Zirkze varianti: Agar bitimga Zirkze qo‘shilsa, mankunianliklar qo‘shimcha ravishda taxminan 20 mln yevro to‘lashadi.
- Markus Reshford varianti: Reshfordning bozor qiymati 40 mln yevroga baholanmoqda, bu esa «Yunayted»ning qo‘shimcha to‘lov xarajatlarini kamaytiradi. Biroq futbolchining yillik 10 mln yevro miqdoridagi maoshi «Milan» uchun moliyaviy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Rafael Leau joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 25 yoshli futbolchining «rossoneri»lar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali portugaliyalik yulduzning transfer bahosini 65 mln yevro etib belgilagan.