locale OZ

“Manchester Yunayted” Rafael Leau transferi bo‘yicha “Milan” bilan bog‘landi

ozircha klublar o‘rtasida rasmiy taklif yuborilgani yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Rafael Leau transferi bo‘yicha “Milan” bilan bog‘landi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Milan” vingeri Rafael Leauning transferi imkoniyatlarini o‘rganishni boshladi. Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, ingliz klubi italiyaliklarga murojaat qilib, portugaliyalik futbolchining transfer shartlari haqida ma'lumot so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, Leau endi “Milan”ning uzoq muddatli rejalari markazida emas va yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishga tayyor. Shu sabab “Manchester Yunayted” vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va ehtimoliy transfer bo‘yicha dastlabki aloqalarni boshlab yuborgan.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy taklif yuborilgani yo‘q. “Manchester Yunayted” avvalo transferning moliyaviy shartlari va futbolchining talablari bilan tanishishni maqsad qilgan.

26 yoshli Rafael Leau 2019-yildan buyon “Milan” safida to‘p surmoqda. U Italiya klubida 290 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urgan hamda jamoaning asosiy yetakchilaridan biri sifatida e'tirof etilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting