locale OZ

“Manchester Yunayted” qishda “Barselona” himoyachisini transfer qilishi mumkin

Ingliz klubining 22 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyati yozgi transfer oynasiga nisbatan ancha oshgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” qishda “Barselona” himoyachisini transfer qilishi mumkin
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Barselona” chap qanot himoyachisi Alejandro Baldeni qishki transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubining 22 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyati yozgi transfer oynasiga nisbatan ancha oshgan. Bunga Baldening joriy mavsumda “Barselona” safida juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sabab bo‘lmoqda.

“Manchester Yunayted” yozda ham Baldega qiziqish bildirgan, biroq transfer amalga oshmagan. Futbolchi o‘sha paytda “Barselona”ni tark etishni istamagan edi. Endilikda uning jamoadagi roli kamaygani sabab qishda vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Baldening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting