locale OZ

«Manchester Yunayted» Onana o'rniga kimlarni ko'rib chiqayotgani ma'lum

«Manchester Yunayted» yozda darvozabonlar Andre Onana va Altay Bayindirning jamoani tark etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
«Manchester Yunayted» Onana o'rniga kimlarni ko'rib chiqayotgani ma'lum
photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» yozda darvozabonlar Andre Onana va Altay Bayindirning jamoani tark etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, «qizil iblislar»ning yoshlar jamoasini katta ehtimol bilan golkiper Radek Vitek ham tark etadi. Mankunianliklar ularning o‘rniga o‘rinbosar izlamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan futbolchilar o‘rniga «Manchester Yunayted» 33 yoshli darvozabon Sem Jonston («Vulverxempton»), 35 yoshli Karl Darlou («Lids») yoki 30 yoshli Angus Gannni («Nottingem Forest»ni tark etmoqda) sotib olishi mumkin.

Hozirgi vaqtda jamoaning asosiy golkiperi Senne Lammens hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda belgiyalik posbon barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning sakkiztasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting