\"Manchester Yunayted\" Norvegiya terma jamoasi himoyachisini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida Dortmundning "Borussiya" klubi va Norvegiya terma jamoasi himoyachisi Yulian Ryersonni o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ingliz grandi 27 yoshli futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan. Klub rahbariyati Ryersonni himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Ryerson o‘tgan mavsum Dortmund safida ishonchli o‘yin namoyish etdi. Shuningdek, u JCh-2026da Norvegiya terma jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Braziliyaga qarshi nimchorak final bahsida Vinisius Juniorga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatgani bilan ham e'tibor qozondi.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Biroq BILD nashriga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchining transferi bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va yaqin vaqt ichida amaliy qadamlar tashlashi mumkin.