«Manchester Yunayted» Nagelsmann bilan aloqaga chiqdi
«Manchester Yunayted» Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann bilan dastlabki muzokaralarni boshladi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Ushbu jarayon klubning kadrlar tanlash bo‘limi rahbari va nemis mutaxassisi ish uslubining ashaddiy muhlisi hisoblangan Kristofer Vivellning faol bosimi ostida amalga oshmoqda. Klub rahbariyati Nagelsmanni Premyer-ligada gegemonlik o‘rnatib, Yurgen Kloppning «Liverpul»dagi afsonaviy muvaffaqiyatini takrorlay oladigan navbatdagi nemis murabbiyi sifatida ko‘rmoqda.
Serr Jim Retkliff va Kristofer Vivellning klubdagi nufuzi sezilarli darajada oshgan, texnik direktor esa ayniqsa mutaxassisning taktik yondashuvini yuqori baholamoqda.
Biroq, jamoaning asosiy o‘yinchilari, jumladan Brunu Fernandesh hozirgi vaqtinchalik murabbiy Maykl Kerrikni faol qo‘llab-quvvatlashmoqda. Agar Kerrik ketsa, Fernandesh faqatgina haftasiga 400 ming funt maosh va bonuslar ko‘zda tutilgan yangi shartnoma imzolangan taqdirdagina qolishga tayyor. Bordiyu Kerrik o‘z faoliyatini davom ettirsa, portugaliyalik futbolchi har ikki tomonni qoniqtiradigan maosh borasida muzokaralarga ochiq ekanini bildirgan.
Ayni damda Yulian Nagelsmann bosh murabbiylik uchun asosiy nomzodlardan biriga aylangan, uning vakillari bilan muzokaralar esa dastlabki bosqichda davom etmoqda.