locale OZ

«Manchester Yunayted» Mitchell transferida favorit bo‘lmoqda

Uning shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
«Manchester Yunayted» Mitchell transferida favorit bo‘lmoqda
ФОТО: Getty images

«Kristal Pelas» himoyachisi Tayrik Mitchell yanvar oyida klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted» yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, «Liverpul» va Londonning «Chelsi» klubi ham Mitchellga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Turin «Yuventus»i ham angliyalik himoyachining transferiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mitchellning ehtimoliy transferi qiymati 23–28 million yevro atrofida baholanmoqda. «Kristal Pelas» esa futbolchi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetishi sababli qishki transfer oynasida uni sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Tayrik Mitchell joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting