locale OZ

“Manchester Yunayted” Mikki van de Venni kuzatmoqda

Futbolchining hozirgi bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Mikki van de Venni kuzatmoqda
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Tottenhem” markaziy himoyachisi Mikki van de Venga qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga “Liverpul” ham befarq emas. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Van de Venning tezligi, jismoniy kuchi va chap oyoqda o‘ynashi APL grandlari e’tiborini tortgan. Biroq “Tottenhem” himoyachini jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uning transferi oson kechmasligi kutilmoqda.

Futbolchining hozirgi bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Shu bilan birga, “Tottenhem”ning kuchli muzokara pozitsiyasi sabab ehtimoliy transfer summasi bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mikki van de Ven “Tottenhem” safiga 2023-yilda “Volfsburg”dan kelib qo‘shilgan. 2026-yil avgustida u klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi va keyinchalik jamoaning yangi sardori etib tayinlandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting