“Manchester Yunayted” Maykl Kerrik o‘rniga Antonio Konte nomzodini ko‘rib chiqmoqda
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Maykl Kerrikning kelajagi borasida variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Calciomercato xabariga ko‘ra, agar klub ingliz mutaxassisi bilan xayrlashsa, uning o‘rniga Antonio Konte asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. “Qizil iblislar” italiyalik murabbiy bilan dastlabki aloqani ham o‘rnatgan.
Kerrik boshqaruvidagi jamoa Premyer-ligadagi dastlabki besh uchrashuvda atigi 5 ochko jamg‘ardi. “Manchester Yunayted” bu bahslarda bir bor g‘alaba qozonib, ikki marta durang o‘ynagan va ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Bu klubning Premyer-liga tarixidagi eng yomon startlaridan biri sifatida qayd etilmoqda.
57 yoshli Antonio Konte ayni vaqtda ishsiz. U avval “Chelsi” va “Tottenxem”ni boshqargan, so‘nggi ish joyi esa “Napoli” bo‘lgan. Calciomercato ma’lumotiga ko‘ra, u “Manchester Yunayted” rahbariyatining asosiy variantiga aylangan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” xalqaro tanaffusdan keyin Premyer-ligada “Tottenxem”ga qarshi, so‘ng UEFA Chempionlar ligasida “Atletiko Madrid”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlar Kerrikning kelajagi uchun muhim bo‘lishi mumkin.