locale OZ

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik boshqaruvida ilk bor gol ura olmadi

Hozirda mankunianliklar APL turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik boshqaruvida ilk bor gol ura olmadi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Manchester Yunayted» hamda «Sanderlend» jamoalari o‘rtasidagi bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, «qizil iblislar» Maykl Kerrik bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon ilk marotaba Angliya chempionati uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi.

Kerrik 2026 yilning yanvar oyida «Manchester Yunayted» boshqaruviga kelgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa shu vaqtgacha 15 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 27 ta gol urishga va 10 ta g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Ushbu o‘yindan so‘ng, «Sanderlend» 48 ochko bilan Angliya chempionati yuqori divizioni turnir jadvalida 12-pog‘onani egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa 65 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting