locale OZ

“Manchester Yunayted” Lyuis Xollni 2027-yilda sotib olmoqchi

“Nyukasl” esa Xoll bilan xayrlashishni istamayapti.
“Manchester Yunayted” Lyuis Xollni 2027-yilda sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Nyukasl”ning 21 yoshli chap qanot himoyachisi Lyuis Xollga qiziqishni davom ettirmoqda. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar yozda futbolchini transfer qila olmaganidan keyin 2027-yilda yana muzokaralarga qaytishni rejalashtirmoqda.

“Nyukasl” esa Xoll bilan xayrlashishni istamayapti. Klub ingliz futbolchisiga yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Xollning amaldagi kelishuvi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq “Manchester Yunayted” Xollni chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rayotgani xabar qilingandi. Futbolchining o‘zi ham “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga qarshi emasligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Lyuis Xollning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. “Nyukasl” esa avvalgi muzokaralarda futbolchi uchun bundan ancha yuqori summa talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting