locale OZ

“Manchester Yunayted” Lyuis Xoll uchun taklif tayyorlamoqda

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Lyuis Xoll uchun taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida “Nyukasl” chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. TEAMtalk xabariga ko‘ra, manchesterliklar yaqin kunlarda futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, “Nyukasl” 21 yoshli angliyalik himoyachini taxminan 60 million funt sterlingga baholamoqda. Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” futbolchini chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda va transferni amalga oshirishga jiddiy bel bog‘lagan.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati transferni ichki darajada ma'qullagan va endi muzokaralarning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyor. Biroq “Nyukasl” o‘zining muhim futbolchilaridan birini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas. Biroq yaqin kunlarda “Manchester Yunayted”ning dastlabki taklifi yuborilishi va muzokaralar yanada jadallashishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting