“Manchester Yunayted” Lyuis Holl transferidan voz kechishi mumkin
“Manchester Yunayted” “Nyukasl” himoyachisi Lyuis Hollni transfer qilish imkoniyatini deyarli yo‘qotgan. 22 yoshli angliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida Maykl Kerrik jamoasining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan, biroq “Nyukasl” uni sotishni istamagan. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Holl transferini kelasi yozda yana ko‘rib chiqishni rejalashtirgan edi. Biroq himoyachining yaqinda “Nyukasl” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagani vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Futbolchining o‘zi ham, klub ham “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ijobiy munosabat bildirmagan.
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh skauti Mik Braunning fikricha, klub Holl uchun kurashni davom ettirsa, endilikda ancha katta mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Shu sabab mankunianliklar muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri — “Kristal Pelas”ning chap qanot himoyachisi Tayrik Mitchell bo‘lib, uning amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi.
Ma’lumot uchun, Lyuis Holl 2023-yilda “Chelsi”dan “Nyukasl”ga kelib qo‘shilgan va klub safida hozirga qadar 107 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shuningdek, u UEFA Chempionlar ligasida 11 ta o‘yinda maydonga tushgan va Angliya terma jamoasi safida 4 ta uchrashuv o‘tkazgan.