«Manchester Yunayted» Levandovskiga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sportboom nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, polyak futbolchisining transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
"Qizil iblislar" 37 yoshli hujumchiga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozircha hujumchining ushbu taklifga rozilik bildirishi-bildirmasligi noma'lum.
Ma'lumot uchun, Robert Levandovski 2022 yilda Myunxenning "Bavariya" klubidan "Barselona"ga 45 million yevro evaziga o'tgan edi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.