locale OZ

“Manchester Yunayted” ko‘p millionlik yangi shartnoma imzoladi

Hamkorlik doirasida SoFi “Manchester Yunayted”ning AQSHdagi rasmiy moliyaviy xizmatlar hamkoriga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” ko‘p millionlik yangi shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” Amerikaning moliyaviy xizmatlar kompaniyasi SoFi bilan ko‘p yillik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Kelishuv klub tarixidagi eng yirik tijoriy bitimlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Hamkorlik doirasida SoFi “Manchester Yunayted”ning AQSHdagi rasmiy moliyaviy xizmatlar hamkoriga aylanadi.

Manbalarga ko‘ra, kelishuv qiymati bir necha yil davomida 100 million dollardan oshishi mumkin. Hamkorlik asosan AQSH bozoriga qaratilgan bo‘lib, klubning mamlakatdagi millionlab muxlislari uchun maxsus moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar taklif etilishi rejalashtirilgan.

Bitim doirasida SoFi brendi “Manchester Yunayted”ning turli raqamli platformalari va AQSHdagi loyihalarida namoyish etiladi. Klub rahbariyati ushbu hamkorlik orqali Amerika bozoridagi tijoriy imkoniyatlarini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” dunyodagi eng yirik muxlislar auditoriyasiga ega futbol klublaridan biri hisoblanadi. Klub so‘nggi yillarda sport natijalari bilan bir qatorda tijoriy daromadlarini oshirish va xalqaro hamkorliklar doirasini kengaytirishga ham katta e’tibor qaratmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting