locale OZ

«Manchester Yunayted» klubi «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferini rasman e’lon qildi

Qayd etilishicha, kamerunlik 22 yoshli futbolchi «qizil iblislar» bilan «5+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» klubi «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferini rasman e’lon qildi
photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» klubi «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferini rasman e’lon qildi.

Qayd etilishicha, kamerunlik 22 yoshli futbolchi «qizil iblislar» bilan «5+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Avvalroq «chaykalar» Balebaning transferidan 70 million yevro ishlab olishi xabar qilingandi. Shuningdek, qariyb 6 million yevroga teng bonus olishi ham kelishuvga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Karlos «Brayton» safida 2023/24 yilgi mavsumdan buyon to‘p tepib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting