«Manchester Yunayted» Kerrikni doimiy asosda qoldirmoqchi — The Guardian
Maykl Kerrikka "Manchester Yunayted"ning doimiy bosh murabbiyi bo'lish imkoniyati taklif qilinadi, deb xabar beradi The Guardian.
Kerrik hozircha klub rahbariyati bilan o‘z kelajagi haqida gaplashmagan, biroq manbaning ta’kidlashicha, sport direktori Jeyson Uilkoks va ijrochi direktor Omar Berrada murabbiyning qilgan ishlaridan katta taassurotda.
Kerrik yanvarda tayinlanganidan beri jamoa Angliya Premyer-ligasidagi 14 ta o‘yinidan 10 tasida g‘alaba qozondi va muddatidan oldin Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, "Manchester Yunayted" rahbarlari Kerrikni jamoa o‘yinchilari va kiyinish xonasida qo‘llab-quvvatlashayotganidan xabardor. Shu sababli manba "qizil iblislar" Yevropaning nufuzli musobaqasiga qaytishini tasdiqlaganidan so‘ng, Mayklga doimiy shartnoma taklif qilinishini kutmoqda.