«Manchester Yunayted» Kerrikni bosh murabbiy sifatida tasdiqladi
“Manchester Yunayted” klubi Maykl Kerrikni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga rasmiy tasdiqlaganini e'lon qildi. Bungacha u ushbu vazifani vaqtincha bajaruvchi sifatida olib borayotgan edi.
“Qizil iblislar” ma'lum qilishicha, Kerrik kelasi mavsumda ham jamoani boshqaradi. Tomonlar yangi shartnoma imzolagan bo‘lib, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
44 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted”ni 13 yanvar kuni Ruben Amorim iste’foga chiqarilganidan so‘ng qabul qilib olgan edi. Uning dastlabki shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qilishi kerak edi.
Kerrik boshchiligida manchesterliklar Angliya chempionatida 15 o‘yindan 10 tasida g‘alaba qozonib, kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.