«Manchester Yunayted» Kazemironing o‘rniga uchta asosiy nomzodni koʻrib chiqmoqda
«Manchester Yunayted» klubi joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan yarimhimoyachi Kazemironing o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan uch nafar futbolchi nomiga aniqlik kiritdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchining o‘rniga asosiy da’vogarlar sifatida quyidagi o‘yinchilar ko‘rilmoqda:
- Sandro Tonali («Nyukasl»);
- Elliot Anderson («Nottingem Forest»);
- Adam Uorton («Kristal Pelas»).
Ta’kidlanishicha, agar jamoani Manuel Ugarte ham tark etadigan bo‘lsa, «qizil iblislar» yana bir yarimhimoyachi qidirishga majbur bo‘ladilar. Biroq, mankunianliklar ushbu transferlar borasida Angliya chempionatining boshqa klublari, xususan, «Manchester Siti» tomonidan jiddiy raqobatga duch kelishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kazemiro 2022 yilning yozidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda.