locale OZ

«Manchester Yunayted» Kazemiro oʻrniga «Vulverxempton» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi

Hozircha mankunianliklar muzokaralarni boshlashni rejalashtirmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Kazemiro oʻrniga «Vulverxempton» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Vulverxempton»ning 27 yoshli markaziy yarimhimoyachisi Joau Gomesni sotib olish imkoniyatlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» e’tiborini tortgan bo‘lib, klub rahbariyati uni Kazemiro ketganidan so‘ng tarkibni kuchaytira oladigan asosiy nomzodlardan biri deb hisoblamoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Hozircha «Man Yunayted» «Vulverxempton» bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmayapti. Klub mavsum yakunida «bo‘rilar»ning Premyer-ligadan tushib ketish-ketmasligi bo‘yicha natijalarni kutmoqda. Agar «Vulverxempton» quyi ligaga ravona bo‘lsa, bu muzokaralar jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi va futbolchining narxi pasayishiga xizmat qiladi.

Joriy mavsumda Gomes «Vulverxempton» safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting