“Manchester Yunayted” Karlos Balebani sotib olishga yaqin turibdi
22 yoshli kamerunlik futbolchi manchesterliklar safida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Foto: Getty Images
“Manchester Yunayted” “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Balebani transfer qilishga yaqin. Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli kamerunlik futbolchi manchesterliklar safida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Tomonlar futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzishga kelishib olgan. Kelishuvda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Transfer rasman yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Baleba o‘tgan mavsumda “Brayton” safida APLning 31 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka olgan.
Ma’lumot uchun, Baleba 2023-yilda “Lill”dan “Brayton”ga ko‘chib o‘tgan va qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist