locale OZ

“Manchester Yunayted” Karlos Baleba uchun 75,8 million yevrolik taklif yubordi

Manchester klubi 22 yoshli kamerunlik futbolchi uchun 70 million yevro va yana 5,8 million yevro bonuslar taklif qilgan.
“Manchester Yunayted” Karlos Baleba uchun 75,8 million yevrolik taklif yubordi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Manchester klubi 22 yoshli kamerunlik futbolchi uchun 70 million yevro va yana 5,8 million yevro bonuslar taklif qilgan.

Biroq “Brayton” bu summani yetarli deb hisoblamasligi mumkin. Shunga qaramay, klublar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy davom etmoqda va barcha tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishish ustida ishlamoqda.

Baleba “Manchester Yunayted”ning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Hozircha “Brayton” futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Karlos Baleba o‘tgan mavsum “Brayton” safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting