locale OZ

«Manchester Yunayted» Karim Adeyemi bo‘yicha agentidan ma’lumot so‘radi

«Borussiya D» esa futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Karim Adeyemi bo‘yicha agentidan ma’lumot so‘radi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemi haqida ma’lumot so‘radi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Borussiya» 23 yoshli vinger bilan shartnomani uzaytirish niyatida, ammo bu bo‘yicha hozircha kelishuvga erishilmagan.

Adeyemi va uning agenti Mendesh yangi bitimga maxsus «ozod qilish» bandi kiritilishini xohlamoqda.

Joriy mavsumda nemis futbolchisi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Adeyemining bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting