Manchester Yunayted Jahon chempionini sotib olmoqchi
“Manchester Yunayted” kelasi yozgi transfer oynasida “Atletik Bilbao” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyamsni tarkibiga qo‘shishni rejalashtirmoqda. The Telegraph xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi “qizil iblislar”ning ustuvor transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Manbaga ko‘ra, Uilyamsning “Atletik Bilbao” bilan shartnomasida 95 million yevrolik tovon puli belgilangan. “Manchester Yunayted” ushbu summani to‘lashga va futbolchini transfer qilish uchun mazkur bandni faollashtirishga tayyor.
Niko Uilyams joriy mavsum La Ligada 6 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan. Ispaniyalik futbolchi 2025-yilda “Atletik Bilbao” bilan shartnomasini 2035-yilgacha uzaytirgan.
Ma’lumot uchun, Niko Uilyams 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida g‘olib chiqqan futbolchilardan biri hisoblanadi. Transfer amalga oshsa, 95 million yevrolik summa “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yirik xaridlardan biriga aylanishi mumkin.