locale OZ

«Manchester Yunayted» «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" aprel oyidan beri "Inter"ning chap qanot himoyachisi Carlos Augusto’ni kuzatib kelmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs The United Stand uchun tayyorlagan materialida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, milanliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchini 25–30 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Shunga qaramay, "qizil iblislar"ning chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadi hamon "Nyukasl" futbolchisi Lewis Hall bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, manchesterliklar "Vest Xem"ning 20 yoshli himoyachisi Oliver Skarlsga ham qiziqish bildirgan.

2025/2026 yilgi mavsumda Carlos Augusto barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 23 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting