locale OZ

«Manchester Yunayted» Ibraim Sangarega qiziqish bildirmoqda

Mankunianliklar 28 yoshli futbolchining maydondagi kurashlarda yaqqol ustunlik qilishini yuqori baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Ibraim Sangarega qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi va «Nottingem Forest» jamoasi tayanch yarimhimoyachisi Ibraim Sangarega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar tarqatdi.

«Qizil iblislar» skautlari 28 yoshli futbolchining maydondagi turli kurashlarda yaqqol ustunlik qilishi hamda qaltis vaziyatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan, sovuqqonlik bilan harakat qilishini yuqori baholashmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «o‘rmonchilar» 2023 yilda futbolchini qariyb 35 million yevro evaziga sotib olgan edi. Endilikda klub muzokaralarni yuqoriroq summadan boshlamoqchi va futbolchi uchun 45-50 million yevro atrofida mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sangarening «Nottingem Forest» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali esa uning ayni damdagi bozor qiymatini 22 million yevroga baholagan.

Joriy mavsum davomida kot-d’Ivuarlik yarimhimoyachi barcha turnirlar doirasida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Mazkur bahslarda u raqiblar darvozasini 2 marotaba ishg‘ol etdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting