locale OZ

“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

Hozircha Angliya milliy jamoasining yakuniy tarkibi rasman e’lon qilinmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
photo: gettyimages

“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

33 yoshli futbolchi AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundial uchun Angliya qaydnomasiga kiritilmagan. Ma’lumotlarga qaraganda, Maguayr bosh murabbiy Thomas Tuchel tomonidan yakuniy ro‘yxatdan chiqarib yuborilganidan “shok holatida”.

Maguayr ushbu mavsum APLda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist qayd etdi. Shuningdek, u 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.

Hozircha Angliya milliy jamoasining yakuniy tarkibi rasman e’lon qilinmagan. Jamoa JCh-2026 guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama bilan bahs olib boradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting