locale OZ

«Manchester Yunayted» Girassining transferini ko‘rib chiqmoqda

«Borussiya D» hozircha hujumchisini sotish niyatida emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Girassining transferini ko‘rib chiqmoqda
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted» yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. TEAMtalk xabar berishicha, klub skautlari kuzatayotgan futbolchilardan biri Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi hisoblanadi.

30 yoshli forvard anchadan beri «Manchester Yunayted» e’tiborida. Manкуnianliklar uning nomzodini 2023-yilda ham ko‘rib chiqqan, ammo yakunda «Atalanta»dan Rasmus Hoylundni transfer qilgan.

Girassi 2024-yilda «Borussiya»ga o‘tgan. U Dortmund klubi safida 102 ta uchrashuvda 64 ta gol urgan.

«Borussiya» hozircha hujumchisini sotish niyatida emas. Klub Girassiga chempionlik uchun kurashda muhim futbolchi sifatida qaramoqda.

Mavsum boshidan buyon forvard 4 ta o‘yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting