«Manchester Yunayted» futbolchilari klubdan Maguayr bilan shartnomani uzaytirishni so‘rashmoqda
«Manchester Yunayted» futbolchilari klub rahbariyatidan himoyachi Harri Maguayr bilan amaldagi kelishuvni uzaytirishni xohlashmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, manchesterliklar a’zolari Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi jamoani tekinga (erkin agent sifatida) tark etmasligi kerak deb hisoblashadi. Ta’kidlash joizki, Maguayrning shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi va boshqa klublar allaqachon u bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.
Maʼlumot uchun, Harri «MYU» sharafini 2018/2019 yilgi mavsumdan buyon himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 32 yoshli himoyachi barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil qiladi.