locale OZ

“Manchester Yunayted” Fermin Lopes uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor

Manchesterliklar uni 32 yoshli Bruno Fernandeshning uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ham ko‘rmoqda.
“Manchester Yunayted” Fermin Lopes uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Barselona”ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesni transfer qilishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi 23 yoshli futbolchi uchun 150 mln yevrogacha mablag‘ sarflashga tayyor ekani aytilmoqda. Bu haqda El Nacional nashri Goal ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Yunayted” rahbariyati Fermin kelajakda jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda. Manchesterliklar uni 32 yoshli Bruno Fernandeshning uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ham ko‘rmoqda. Biroq “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchisini sotishni rejalashtirmayapti, futbolchining o‘zi ham klubni tark etish niyatida emas.

Fermin 2026/27-yilgi mavsumni yuqori saviyada boshladi. U dastlabki uchrashuvlarda gol va golli uzatmalari bilan ajralib, Hansi Flik jamoasining muhim futbolchilaridan biriga aylandi. Avvalroq “Chelsi” ham ispaniyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirgan, biroq u “Barselona”da qolishni afzal ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Fermin Lopes joriy yil boshida “Barselona” bilan shartnomasini 2031-yil yozigacha uzaytirgan. Klubning avvalgi kelishuvida futbolchining tovon puli 500 mln yevro etib belgilangan edi. 23 yoshli yarim himoyachi “La Masiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting