locale OZ

\"Manchester Yunayted\" Chuameni transferini amalga oshirmoqchi

Agar "Real" yangi transferlar uchun mablag' yig'ishga qaror qilsa, Chuamenini taxminan 70 million funt evaziga qo'yib yuborishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Yunayted" Chuameni transferini amalga oshirmoqchi
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelien Chuamenini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.

BBC Sport xabariga ko'ra, mankunianliklar fransiyalik futbolchini jamoaning tayanch yarim himoyasini kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda. Klub hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan bo'lsa-da, futbolchining transferi bo'yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, agar "Real" yangi transferlar uchun mablag' yig'ishga qaror qilsa, Chuamenini taxminan 70 million funt evaziga qo'yib yuborishi mumkin. Biroq madridliklar hozircha futbolchini sotish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilmagan.

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar davomida markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb bilmoqda va Chuameni ushbu ro'yxatdagi eng asosiy nomlardan biri bo'lib qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting