«Manchester Yunayted» Bruno Gimaraeshni Kazemironing o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda
«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasi oldidan «Nyukasl» va Braziliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Bruno Gimaraeshga qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, klub rahbariyati braziliyalik futbolchini uzoq muddatli istiqbolda Kazemironing o‘rnini bosa oladigan munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ehtimoliy kelishuv summasi taxminan 80 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilmagan — muzokaralar davom etmoqda.
Joriy mavsumda Gimaraesh barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining «qarg‘alar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.