locale OZ

“Manchester Yunayted” Bruno Fernandeshni qanchaga sotishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

“Qizil iblislar” 32 yoshli futbolchi uchun 50–60 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
“Manchester Yunayted” Bruno Fernandesh uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh kelasi transfer oynalaridan birida klubni tark etishi mumkin. The Daily Briefing ma’lumotiga ko‘ra, “qizil iblislar” 32 yoshli futbolchi uchun 50–60 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Shu bilan birga, hozircha Fernandesh ham, “Manchester Yunayted” ham hamkorlikni yakunlashga shoshilmayapti. Bosh murabbiy Maykl Karrik portugaliyalik futbolchini jamoada olib qolishni istamoqda, Fernandeshning o‘zi ham klubning yangi loyihasiga ishonmoqda. Uning holatini “Galatasaroy”, “Yuventus”, “Milan” va “Atletiko Madrid” kabi klublar kuzatib bormoqda.

Fernandesh 2026/27-yilgi mavsumda ham “Manchester Yunayted”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Euro-Football keltirgan ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Bruno Fernandeshning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Klubda kelishuvni yana bir yilga — 2028-yilgacha uzaytirish imkoniyati mavjud.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting