locale OZ

\"Manchester Yunayted\" Bruno Fernandesh uchun narx belgiladi

Xabarlarga ko‘ra, manchesterliklar 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachini faqat 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
"Manchester Yunayted" Bruno Fernandesh uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandeshga qiziqish bildirayotgan "Galatasaroy" futbolchining transferi uchun qancha to‘lashi kerakligini belgilab qo‘ydi.

Xabarlarga ko‘ra, manchesterliklar 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachini faqat 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Klub Bruno Fernandeshni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda va uni arzon narxda sotishni rejalashtirmayapti.

Turkiya grandi futbolchining transfer imkoniyatlarini o‘rganmoqda, biroq hozircha rasmiy taklif yubormagan. "Galatasaroy" uchun bunday transferni amalga oshirish moliyaviy jihatdan oson bo‘lmasligi ta'kidlanmoqda.

Bruno Fernandeshning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi davom etmoqda va klub rahbariyati uni yangi mavsumda ham jamoa yetakchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting