locale OZ

\"Manchester Yunayted\" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubdagi faoliyatini davom ettirish niyatida

"MYU" keyingi o‘yinini 27 sentyabr kuni "Brentford" mehmoni sifatida o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubdagi faoliyatini davom ettirish niyatida
Photo: gettyimages

Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u hozirgi lavozimida bir yildan keyin ham davom etishni rejalashtirmoqda.

"Men 12 oydan so‘ng ham "Manchester Yunayted" murabbiyi bo‘lib qolishni mo‘ljallamoqdaman," - dedi Amorim Sky Sports bilan suhbatda.

Ta’kidlash joizki, Ruben Amorim tez-tez tanqidlarga duch kelmoqda, chunki jamoaning natijalari kutilganidek emas. "Qizil iblislar" hozirda Premer-liga turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Shanba kuni mankunianliklar o‘z maydonida "Chelsi"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

"MYU" keyingi o‘yinini 27 sentyabr kuni "Brentford" mehmoni sifatida o‘tkazadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting