locale OZ

«Manchester Yunayted» Benyamin Sheshkoni sotmaslikka qaror qildi

Taʼkidlanishicha, Maykl Kerrik futbolchiga toʻliq ishonadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Benyamin Sheshkoni sotmaslikka qaror qildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida hujumchi Benyamin Sheshkoni jamoada saqlab qolishga qaror qildi. Angliya klubi rahbariyati 23 yoshli sloveniyalik forvardni sotish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishdan bosh tortdi, deb xabar beradi TEAMtalk.

Futbolchiga Ispaniyaning «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari qiziqish bildirayotgan edi. Biroq mankunianliklar kelajakda jamoani aynan ushbu oʻyinchi atrofida qurishni rejalashtirgan holda qatʼiy pozitsiyani egallashdi.

Taʼkidlanishicha, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Sheshkoga toʻliq ishonch bildirmoqda va uni «Old Trafford»dagi uzoq muddatli loyihaning asosiy qismi deb bilyapti. Klub hujumchining sotilishini butunlay istisno qildi va potensial xaridorlar bilan hech qanday muzokara olib bormaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting