locale OZ

«Manchester Yunayted» «Barselona»ning Reshford borasidagi taklifini rad etadi

Avvalroq kataloniyaliklar 28 yoshli hujumchining ijarasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» «Barselona»ning Reshford borasidagi taklifini rad etadi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi hujumchi Markus Reshfordning ijarasini yana bir mavsumga uzaytirish borasidagi «Barselona» taklifini rad etishga qaror qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Daily Mail nashri «ko‘k-anorranglilar» 26 million funt sterling (30 million yevro) miqdoridagi to‘liq to‘lovni amalga oshirmaslik uchun ingliz futbolchisini yana bir yilga ijaraga olishni ko‘zlayotgani haqida xabar bergan edi.

Biroq Mirror’ning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» kataloniyaliklar oldiga qat’iy talab qo‘ygan: «Barselona» yo belgilangan 26 million funtni to‘lashi, yoki iyun oyida Reshfordni Manchesterga qaytarishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 28 yoshli hujumchini 2025 yilning yozida ijaraga olgan edi. Joriy mavsumda Reshford barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 13 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting