“Manchester Yunayted” avtogollar bo‘yicha APL rekordini yangiladi
“Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasining 2-turida “Ipsvich”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biri “Ipsvich” himoyachisi Jeykob Grivzning o‘z darvozasiga kiritgan to‘pi sifatida qayd etildi.
Bu “Manchester Yunayted” foydasiga APL tarixida qayd etilgan 80-avtogol bo‘ldi. Shu tariqa, mankunianliklar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Liverpul”ni ortda qoldirib, liga tarixida birinchi o‘ringa chiqdi. “Liverpul” foydasiga hozirgacha 79 ta avtogol qayd etilgan.
“Ipsvich” futbolchisining avtogoli ikkinchi bo‘lim boshida yuz berdi. Epizodda Harri Maguayrning zarbasi Grivzga tegib, darvozadan joy oldi. VAR vaziyatni tekshirdi va golni o‘z kuchida qoldirdi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” keyingi turda safarda “Everton”ga qarshi maydonga tushadi.