«Manchester Yunayted» AQSH terma jamoasi yarimhimoyachisiga ko‘z tikdi — Daily Mail
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Manchester Yunayted» AQSH terma jamoasi va «Bornmut» klubi yarimhimoyachisi Tayler Adamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» lagerida 27 yoshli futbolchining o‘yini yuqori baholangan. Klub tahlilchilarining ta’kidlashicha, ayrim jihatlar bo‘yicha Adamsning statistik ko‘rsatkichlari «Oltin to‘p» sohibi Rodrinikiga teng yoki undan ham yuqoriroqdir.
O‘tgan mavsumda Adams barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymasi 25 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist