locale OZ

«Manchester Yunayted» Antuan Semeno uchun kurashga qoʻshildi

Ushbu transferga mankunianliklardan tashqari APLning uchta nomdor klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» Antuan Semeno uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» jamoasi «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyo transferi uchun «Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Siti»dan oldin harakat boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Bornmut» 25 yoshli futbolchini sotish niyatida emas. Biroq uning transfer narxi 65–80 million funt sterling atrofida bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Semeno barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting